15:01 / 27.04.2017
8 852

Rossiyada AQSh o‘z siyosati bilan yadro urushi tahdidini qaytargani aytildi

Rossiyada AQSh o‘z siyosati bilan yadro urushi tahdidini qaytargani aytildi
Rossiya Federasiyalar Kengashining axborot siyosati bo‘yicha komissiyasi raisi Aleksey Pushkov "Tvitter"dagi sahifasida, AQSh va Sobiq ittifoq o‘rtasida sovuq urush yakunlanganidan beri bu qarama-qarshilikning asosiy tahdidi – yadro urushi – yana paydo bo‘lganini yozdi. Bu tahdidni Amerika hukumati o‘z siyosati sabab qaytardi, deya ta’kidlab o‘tgan senator.

- Sovuq urush yakunlanishining asosiy natijasi deb - yadro urushi tahdidi yo‘qolishi aytilgandi. Biroq hammasi yana qaytdi: AQSh o‘z siyosati bilan bu tahdidni qaytardi, - deya qayd etgan Pushkov.

Avvalroq, Rossiya qurolli kuchlari bosh tezkor shtabi boshlig‘i o‘rinbosari general-leytenant Viktor Poznixir Amerika raketalarga qarshi mudofaa tizimi bazalarining Evropada va AQSh HDK kemalarining Rossiya chegaralariga yaqin bo‘lgan dengiz va okeanlarda joylashtirilishi Rossiyaga kutilmagan raketa-yadro zarbasi berish imkoniyatiga kuchli yashirin zarba komponenti yaratishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada AQSh o‘z siyosati bilan yadro urushi tahdidini qaytargani aytildi