15:53 / 28.04.2017
6 118

Britaniyada butunboshli qishloq sotib olindi

Britaniyada butunboshli qishloq sotib olindi
Angliyaning Nort-Yorkshir grafligidagi Uest Heslerton qishlog‘i 150 yil davomida bir oilaga tegishli bo‘lgan hamda 2016 yilda, uning so‘nggi egasi o‘limidan besh yil o‘tib sotuvga qo‘yildi deb yozadi Kun nashri. Iv Douney qishloqni 1964 yilda meros sifatida olgan, biroq 80-yillar oxirlarida boshqa joyga ko‘chib ketgan va bu erga boshqa qaytib kelmagan.

Qishloq bitta qo‘rg‘oncha, 43 ta uy, pab, o‘rmon va qishloq xo‘jalik ekinlari maydonidan iborat. Uni Norfolkning Albanwise kompaniyasi sotib oldi, kelishuv qiymati esa oshkor etilmayapti.

Qishloqda taxminan 370 kishi istiqomat qiladi, hamda ko‘chmas mulk savdosi bo‘yicha agentlarning fikriga ko‘ra, u bir yilda 388 ming funt mablag‘ keltiradi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada butunboshli qishloq sotib olindi