Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov Shimoliy Koreyaga davlatni yadro qurolisiz rivojlantirish masalasida Qozog‘istondan o‘rnak olishni maslahat qildi.
"Biz ixtilofning tinch hal qilinishiga chorlab kelamiz. Qozog‘iston hanuzgacha sovuq urushning vayronkor merosi bilan kurashishga majbur, bizning davlat yadroviy sinovlar uchun 2-raqamli eng yirik maydon bo‘lgan. Uning yopilishi, yirik miqdordagi yadroviy qurolning yo‘q qilinishi davlatimizning katta yutug‘idir", deb aytdi Abdraxmanov.
Abdraxmanov Qozog‘iston davlat yadroviy qurolsiz ham ajoyib tarzda rivojlana olishiga a’lo darajada misol bo‘la olishiga ishonchi komilligini aytdi.
"Bizning noyadroviy maqomimiz noyadroviy rivojlanish yagona to‘g‘ri va imkoni bor yo‘l ekanligiga ishonchli misoldir. Biz Shimoliy Koreyani ham shunday tanlovni amalga oshirishga chorlaymiz", deb qo‘shimcha qildi vazir.
Ayni vaqtda Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya yadroviy dasturi rivojlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi