08:31 / 29.04.2017
5 796

Pentagon: IShIDning Afg‘onistondagi etakchisi yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin

Pentagon: IShIDning Afg‘onistondagi etakchisi yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin
Afg‘onistonda IShID terrorchilik guruhi bo‘limining etakchisi 27 aprelda AQSh va afg‘on xavfsizlik kuchlarining maxsus operasiyasida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jeff Devis ma’lum qildi.

"Operasiyadan maqsad IShIDning Afg‘onistondagi amiri Abdul Hasib bo‘lgan. Bizda u yo‘q qilinganining isboti yo‘q, biroq u nishonga olingan. Biz u operasiya vaqtida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqdamiz", deb aytdi Devis matbuot-anjumanda.

Devisning aytishicha, operasiyada 50 nafar amerikalik reynjer va 40 nafar afg‘on harbiysi ishtirok etgan. Shuningdek, Nangarhor viloyatida o‘tgan operasiya vaqtida IShIDning 35 jangarisi, jumladan bir necha qo‘mondoni yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon: IShIDning Afg‘onistondagi etakchisi yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin