09:20 / 29.04.2017
6 014

Fransiyada “Makdonalds” restoranida portlash bo‘ldi

Fransiyada “Makdonalds” restoranida portlash bo‘ldi
Kecha Fransiyaning sharqida joylashgan Grenobl shahridagi “Makdonalds” tarmog‘idagi restoranlardan biri portladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Mahalliy matbuot bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea Egl tumanida joylashgan restoranda ro‘y berdi. Taxminlarga ko‘ra, portlash epimarkazi restoran hojatxonasi bo‘ldi. Portlash oqibatida chiqqan yong‘in tezda o‘chirildi. Qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Hodisa yuz bergan joyda polisiya va qutqaruvchilarning bir necha brigadasi etib keldi. “Makdonalds” restorani joylashgan ko‘cha yopilib, polisiyachilar tomonidan o‘rab olindi. Portlash ongli ravishda amalga oshirilgani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada “Makdonalds” restoranida portlash bo‘ldi