7 856
Shimoliy koreyaliklar AQSh suvosti kemasini cho‘ktirib uni suvosti arvohiga aylantirishmoqchi
Shimoliy Koreya hukumati Janubiy Koreya qirg‘oqlari yaqinida «Karl Vinson» bilan birga joylashtirilgan AQSh atom suvosti kemasi cho‘ktirib yuborishlari mumkinligidan ogohlantirdi deb yozadi Kun nashri.
«Agar Michigan harakatlanishda davom etsa, u boshqa suv sathiga chiqmasligi va suvosti arvohiga aylanishi mumkin. Koreya yarimoroli hududiga atom suvosti kemasi joylashtirilishi bizning respublikamiz uchun tahdid hisoblanadi»,— degan Pxenyandagilar.
29 aprel kuni Pxenyan navbatdagi marta ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, sinov muvaffaqiyatsiz chiqqan.
Bu hodisa AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Vashington Pxenyanning harakatlariga qarshi kuch qo‘llashi mumkinligini aytganidan biroz vaqt o‘tib sodir bo‘lgandi.
Bu xabarlardan so‘ng Rossiyaning Uzoq Sharqdagi raketaga qarshi mudofaa tizimi jangovar shay holatga keltirilgandi.
Endilikda bungacha Pxenyan bilan munosabatlarda qo‘shimcha choralar qo‘llashga kelishib olgan AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya kuch ishlatish ehtimollarini istisno etishmayapti, bu ittifoqchilar KXDRga bosim o‘tkazishda Xitoyning ko‘magidan foydalanmoqchi.
O‘tgan haftada Janubiy Koreya va AQSh harbiy-dengiz kuchlari Sariq dengizda birgalikdagi mashg‘ulotlarni boshlagandi. O‘tgan hafta yakunida Amerikaning «Karl Vinson» aviatashuvchisi Janubiy Koreya kemalari bilan hamkorlikdagi manyovrlarni o‘tkazdi. Ikki esmines va raketa kreyserini ham o‘z ichiga olgan zarba berish guruhi Shimoliy Koreya raketalarini kuzatish va to‘xtatib qolishni ishlab chiqdi.
25 aprel kuni dunyodagi eng yirik suvosti kemasi Michigan Koreya Respublikasi janubidagi Pusan portiga kirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi