08:15 / 01.05.2017
5 484

Germaniya saudiyalik harbiylarga saboq beradi

Germaniya saudiyalik harbiylarga saboq beradi
Germaniya terrorchilikka qarshi kurashda Saudiya Arabistoniga ko‘mak berib, o‘z hududida saudiyalik harbiylarga saboq beradi. Bu haqda 30 aprelda Germaniya kansleri Angela Merkel ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

"Saudiya Arabistoni mintaqada muhim davlat, terrorchilikka, IShIDga qarshi kurashdagi bo‘g‘in hisoblanadi. Biz bu davlat chegaralari yaxshi himoyalangan bo‘lishi, Saudiya armiyasi IShIDga qarshi kurash uchun yaxshi o‘rgatilgan bo‘lishidan manfaatdormiz", deb aytdi kansler. Ayni vaqtda kansler Saudiya Arabistonida safar bilan qolmoqda.

Saudiya Arabistoni Suriya va Iroqda IShIDga qarshi kurashuvchi AQSh boshchiligidagi koalisiya tarkibiga kiradi. Biroq ba’zilarning fikricha, qirollikning o‘zi terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya saudiyalik harbiylarga saboq beradi