13:03 / 01.05.2017
8 911

Qirg‘izistondagi ko‘chkilar ostidan ikki qizning jasadi topildi

Qirg‘izistondagi ko‘chkilar ostidan ikki qizning jasadi topildi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Ayu qishlog‘ida bir qavatli 11 turar-joy ustiga er o‘pirildi. Respublika FVV saytida berilgan xabarga tayanib Kun.uz yozishicha, voqea sodir bo‘lgan joydan 2 va 12 yoshlardagi ikki qizning jasadi topilgan.

Qutqaruvchilarning ta’kidlashicha, voqea joyida tezkor-qidiruv ishlari olib borishda davom etilmoqda. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, vayronalar ostida 24 kishi, shu jumladan bolalar ham bo‘lishi mumkin. 29 aprel kuni FVVning dastlabki ma’lumotlarida ularning barchasi halok bo‘lgan, deya e’lon qilingan.

Idora vakillarining keyinroq aniqlik kiritishicha, Ayu qishlog‘ida ko‘chgan tog‘ jinslarining hajmi taxminan 1 million kub metrni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistondagi ko‘chkilar ostidan ikki qizning jasadi topildi