11:34 / 03.05.2017
12 091

Qirg‘izistonda har 40 daqiqada kelin o‘g‘irlanadi (Video)

Qirg‘izistonda har 40 daqiqada kelin o‘g‘irlanadi (Video)
In the NOW global raqamli platformasi “Kelinlarni o‘g‘irlash — 21 asrning daxshatli voqeligi” nomi ostida videofilmni taqdim etdi deb yozadi “Daryo” nashri.

Ta’kidlanishicha, kelinlarni o‘g‘irlash 17 mamlakatda, asosan, Markaziy Osiyo va Rossiyaning ba’zi hududlarida amalga oshiriladi. Qirg‘izistonda har 40 daqiqada kelin o‘g‘irlanadi.

Inson huquqlari himoyachisi Oygul Alimqulovning qayd etishicha, bunga doimo odamlarning katta guruhi aybdor.

«Bunda bir nechta yosh yigitlar, uning hamda qizning oilasi ishtirok etadi. Shuningdek, qishloqning obro‘li kishilari va, afsuski, diniy arboblar ham qatnashadi», — dedi Oygul.

Videoda kelin o‘g‘irlashning qo‘rqinchli kadrlari, ko‘zlari yoshga to‘la kelinlar, shuningdek, qizning kelinlik ramzi bo‘lgan oq ko‘ylakni echishga samarasiz urinishi va jazavaga tushganlari namoyish etilgan.

«Qirg‘izlarning mentaliteti shunday: turmushga chiqdingmi — ortga yo‘l yo‘q, kuyov xunuk bo‘lsa ham, King-Kong bo‘lsa ham», — deya o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi film qahramonlaridan biri.

Kelin o‘g‘irlash qonunga zid bo‘lishiga qaramay, ushbu muammoni bartaraf etishga ko‘plab jinoiy ishlar va sudlar bo‘yicha oqilona qaror qabul qilinmaganligi to‘sqinlik qilmoqda. Ba’zi qizlar uchun birgina yo‘l — o‘z joniga qasd qilish qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda har 40 daqiqada kelin o‘g‘irlanadi (Video)