18:02 / 03.05.2017
5 921

Hindiston ichki yonuv dvigatelli mashinalardan voz kechishga qaror qildi

Hindiston ichki yonuv dvigatelli mashinalardan voz kechishga qaror qildi
Foto: Independent

Hindiston ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan to‘liq voz kechib, elektrokarlarpdan foydalanishga o‘tmoqchi. Ko‘mir sanoati va shaxtalar vaziri Piyush Goyalning aytishicha, 2030 yilga borib, mamlakatda birorta benzin yoki dizel yoqilg‘isida ishlaydigan mashina sotilmaydi, deb ma’lum qildi Kun.uz nashri.

Vazir Nyu-Dehlida har yili o‘tadigan Hindiston sanoati Konsederasiyasi sessiyasida shunday bayonot bilan chiqish qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobozorning to‘liq elektrokarlarga o‘tishini davlat subsidiyalari emas, avvalo iste’mol bozori taqozo etadi.

«Biz juda ko‘p miqdorda elektr mashinalarini joriy etmoqchimiz. Biz elektrokarlarni ommabop bo‘lishiga erishamiz. G‘oyaning mohiyati shundaki, 2030 yilga borib mamlakatda birorta ham benzin yoki dizel yoqilg‘isida ishlaydigan mashina sotilmasligi kerak», — degan Goyal.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, hukumat ikki-uch yil davomida elektromobillar sanoatini rivojlantirishni qo‘llab turishi lozim. Shundan so‘ng, vazirning fikricha, bozor keskin o‘sa boshlaydi. «Elektrokarlar qiymati o‘zini oqlay boshlaydi. Biz elektr mashinalar sanoati o‘z o‘zidan ishlab ketishini xohlar edik», — degan Goyal.

Hindiston hukumatining bunday qarorga kelishiga sabab — havoning ifloslanish darajasini pasaytirishga bo‘lgan urinish bo‘lsa kerak. Grinpis ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har yili havoda zararli moddalar miqdorining ko‘pligi sabab 2,3 million kishi hayotdan ko‘z yumadi — bu esa tamaki iste’moli tufayli o‘layotganlar soni bilan teng.

2016 yilda Germaniya ham 2030 yilga borib ichki yonuv dvigatelli mashinalardan to‘liq voz kechishni rejalashtirayotganini ochiqlagan edi — bu vaqtga borib mamlakat bozoridagi barcha yangi avtomobillar elektr energiyasi yordamida harakatlana boshlaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston ichki yonuv dvigatelli mashinalardan voz kechishga qaror qildi