20:43 / 03.05.2017
8 452

Suriyada asosiy terrorchi Akmal Jo‘raboyev o‘ldirildi

Suriyada asosiy terrorchi Akmal Jo‘raboyev o‘ldirildi
Suriyada jang qilayotgan o‘zbek jangarilari “Kotib Imom al-Buxoriy” (“Imom al-Buxoriy bataloni”) guruhi boshlig‘i Akmal Jo‘raboyev halok bo‘lganini tasdiqlashdi. U, shuningdek, ekstremistik jamoalar orasida Xoji Yusuf va Shayx Salohiddin ismlari bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

Uning o‘rnini Abu Yusuf nomi bilan tanilgan tojikistonlik boshqa jangari egalladi.

Kelib chiqishi namanganlik bo‘lgan Akmal Jo‘raboyev “Imom al-Buxoriy bataloni” guruhi asoschilaridan biri bo‘lgan.

Guruh vakillaridan birining so‘zlariga ko‘ra, 43 yoshli Akmal Idlib shahridagi masjidda 27 aprel kuni otib o‘ldirilgan. Voqea joyida guruh rahbaridan tashqari, yana uch nafar jangari halok bo‘lgan, ikkitasi esa jarohatlangan.

Qotillikni amalga oshirgan odamni ushlashga ulgurishmagan, u yashiringan. Shu kunning o‘zida guruh ushbu erkakni qidiruvga bergan va uning qayerdaligini aytgan odam 1 million Suriya funti (4700 dollarga yaqin) pul mukofoti bilan taqdirlanishini e’lon qilishgan.

28 aprel kuni esa Shayx Salohiddinning qotili ushlangani haqida ma’lum qilingan.

Keyinroq “Islom davlati” guruhi bu qotillik ularning qanoti hisoblangan “Xuroson” jangarilari tomonidan amalga oshirilgani haqida xabar tarqatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada asosiy terrorchi Akmal Jo‘raboyev o‘ldirildi