15:45 / 04.05.2017
7 587

Qirolicha favqulodda yig‘ilish chaqirganining taxminiy sababi aniqlandi

Qirolicha favqulodda yig‘ilish chaqirganining taxminiy sababi aniqlandi
Bugun, 4 may kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta xonadoni Bukingem saroyida kutilmaganda favqulodda holat kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

Bukingem saroyi matbuot xizmati xodimi ushbu mish-mishlarga oydinlik kiritib, Qirolicha va Shahzoda Filipi vafot etmaganini ma’lum qilgandi.

Qirolicha Elizaveta qirollik xizmatchilarini to‘plab, favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Edinburg gersogi, qirolichaning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp anchadan beri sog‘ligi yomon edi.

“Daily Star” nashrining xabar berishicha, favqulodda yig‘ilishning sababi boshqa joyda. Taxmin qilinishicha, qirolicha shahzoda Harri va aktrisa Megan Marklning nikoh to‘yini muhokama qilmoqchi bo‘lgan.

Xabarlarga qaraganda, kecha, 3 may kuni Elizaveta mamlakat Bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashgan. Shahzoda Filipp esa Londonda yangi golf klubi ochilishida ishtirok etgan. Hozircha ularning sog‘ligi joyida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirolicha favqulodda yig‘ilish chaqirganining taxminiy sababi aniqlandi