16:20 / 04.05.2017
7 444

Eronda yirik portlash sodir bo‘ldi

Eronda yirik portlash sodir bo‘ldi
Eronning Golestan provinsiyasidagi Ozodshahr shahri yaqinida joylashgan ko‘mir konida portlash yuz berdi. Mehnat vaziri Ali Robieyning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

Mahalliy OAVning ma’lumotiga qaraganda, 30 kishi jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, portlash ishchilar 700 metr chuqurlikdagi bekatga tashqi akkumulyatorli avtomobilni tushirishga uringanida sodir bo‘lgan. Elektr uchqunlar metan bilan to‘la tunnelda portlashni keltirib chiqargan.

“Fars” agentligi portlash vaqtida 1200 metr chuqurlikdagi konda 500 kishi bo‘lgan, deb ma’lum qilgan. Avvalroq tibbiy tez yordam boshlig‘i Pir Xoseyn Kulivand voqea joyida 90 kishi bo‘lgan, deya axborot bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda yirik portlash sodir bo‘ldi