Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Marin Le Penga Bretan viloyati bo‘ylab saylovoldi safari vaqtida tuxumlar uloqtirildi. Ushbu holat videosi BFMTV telekanali tomondan chop etildi.
Voqea Dol-de-Bretan shahrida siyosatchi mahalliy aholi bilan suhbatlashayotganda yuz bergan. Le Penga qarshi chiqayotganlar unga tuxum uloqtirib, uni "Sizning bu erda qiladigan ishingiz yo‘q, madam" va "Yo‘qolsin fashistlar" degan hayqiriqlar bilan "qarshilashgan".
Le Pen xavfsizlik xizmati xodimlari uni o‘zlari bilan to‘sib, voqea joyidan olib ketishgan.
Marin Le Pen Fransiyaga immigrasiyaning cheklanishini qo‘llab-quvvatlovchi siyosatchi hisoblanadi. Bundan tashqari, u Evropa Ittifoqining Fransiyaga haddan ziyod ta’siriga ham qarshi chiqadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi