08:32 / 06.05.2017
6 456

Afrikada yangi halokatli kasallik aniqlandi

Afrikada yangi halokatli kasallik aniqlandi
Foto: twitter.com/leoaw1

G‘arbiy Afrikadagi Liberiya Respublikasida hozirda noma’lum bo‘lgan kasallik bilan zararlanganlikning 28 ta holati qayd qilindi. Kasallanganlardan 12 nafari hayotdan ko‘z yumgan, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.

Kasallik og‘ir o‘tmoqda va isitma, ko‘ngil aynishi, qusish va toshmalar bilan kechmoqda. Barcha kasallanish holatlari shu yilning 23 aprelidan 4 mayiga qadar katta yoshli aholi orasida qayd etilgan.

Mutaxassislar Ebola virusining ushbu epidemiyaga aloqasi yo‘qligini tasdiqladilar. Tibbiyot xodimlarining fikricha, zararlangan oziq-ovqat yoki suv iste’mol qilish kasallik sababi bo‘lishi mumkin.

Ushbu holatni tergov qilishga Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan. Vaziyatni Rospotrebnadzor ham kuzatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikada yangi halokatli kasallik aniqlandi