15:41 / 06.05.2017
7 680

Afg‘oniston-Pokiston chegarasida dahshatli qirg‘in bo‘lib o‘tdi

Afg‘oniston-Pokiston chegarasida dahshatli qirg‘in bo‘lib o‘tdi
Afg‘oniston bilan Pokiston chegarasida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Pokiston tomondagi qishloqlardan biriga askarlar hamrohligida aholini ro‘yxatga olish guruhi kelgan. Afg‘oniston tomonidagilar ro‘yxatga olishni bir bahona deb bilib, guruhdagilarning asosiy maqsadi aholini chegarani buzib o‘tishga va afg‘on blok postiga hujum qilishga undash, deb hisobladilar va ularga qarata o‘t ochdilar. Natijada bir odam halok bo‘ldi, 18 nafari yaralandi.

Pokistonlik harbiylar bunga javoban to‘pdan (kaysi biri ma’qul kelsa) o‘q uza boshladilar, natijada haqiqiy urush boshlandi. Afg‘onistonning Qandahor viloyati polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 40 nafar pokistonlik harbiy, 14 nafar afg‘on chegarachisi hamda 23 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Biroq Pokiston o‘z tomonidan talafotlar bo‘lganini tasdiqlamadi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabat keskinligicha qolmoqda: ular bir-birlarini o‘zlariga yaqin hududlarda terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab kelmoqdalar. 2016 yilning 8-9 iyulida Varshavada bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Afg‘oniston prezidenti Islomobod “e’lon qilinmagan urush olib borayotgani” haqida ta’kidlagan edi. Pokiston esa bunga javoban Afg‘oniston aybdorni qidirishining o‘rniga ichki terrorizm bilan kurashishi kerakligini aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston-Pokiston chegarasida dahshatli qirg‘in bo‘lib o‘tdi