Fransiyaning dengiz ortidagi hududlarida prezident saylovining ikkinchi turi natijalariga ko‘ra Emmanyuel Makron ustun keldi. Bu haqda ishonchli manbasiga asoslangan holda Belgiyadagi Le Soir gazetasi xabar berdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Nashrning qayd etishicha, Sen-Per va Mikelon dengiz orti jamoatida Makron 63,3 foiz ovozni qo‘lga kiritdi, «Milliy front» partiyasidan nomzod Marin Le Pen esa 36,7 foiz ovozga ega bo‘lib turibdi. Sen-Martenda Makron 67,6 foiz, Le Pen esa 32,4 foizga egalik qilib turibdi. Fransiya Gvianasida Makron va Le Penning ko‘rsatkichlari tegishli ravishda 65 va 35 foizni tashkil qilmoqda. Nihoyat, Martinika orolida Makron 77,5 foizlik ko‘rsatkich bilan etakchilik qilmoqda, Le Pen xonim esa 22,5 foiz ovozga ega.
Tilga olingan hududlarda ovoz berish soat kamarlaridagi tafovut tufayli ilgariroq bo‘lib o‘tdi.
AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi Fransiya fuqarolari orasida Makronni qo‘llab-quvvatlovchilar ulushi yanada ko‘proqni tashkil etmoqda: Nyu-Yorkda u 94,7 foiz (Le Pen — 5,3 foiz), Chikagoda 92 foiz (Le Pen — 8 foiz), Bostonda 95,7 foiz (Le Pen — 4,3 foiz), Ottava va Monrealda 90 foiz (Le Pen — 10 foiz) ovozni qo‘lga kiritdi.
Paris Match, CNews va Sud Radio buyurtmasiga ko‘ra Ifop-Fiducial tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaning 5 may kuni e’lon qilingan natijalariga ko‘ra saylovda Emmanyuel Makron Marin Le Penni 63 foizga 37 foiz farqi bilan ortda qoldirishi prognoz qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi