IShID terrorchilik guruhi etakchisi Abdul Hasib Afg‘oniston va AQSh harbiylarining 27 apreldagi birgalikdagi operasiyasi davomida yo‘q qilingan. Bu haqda AQSh qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi qo‘mondoni Jon Nikolsonga iqtibos keltirgan holda Kun.uz sayti xabar bermoqda.
"Bu muvaffaqiyatli birgalikdagi operasiya IShIDni yo‘q qilish bo‘yicha kampaniyamizda muvaffaqiyatga erishishimizdagi navbatdagi qadamdir", deb aytdi Nikolson.
Avvalroq Hasibning yo‘q qilinganini Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ma’lum qilgandi.
Afg‘oniston hukumati Hasibni mamlakatda bir necha teraktlarni tashkillashtirishga aloqador deb hisoblagan. Ma’lum qilinishicha, aynan Hasib Kobuldagi harbiy gospitalga hujum qilishga buyruq bergan. Bu hujum oqibatida o‘nlab tibbiyot xodimlari halok bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?