22:12 / 08.05.2017
17 160

Kavkazda qanday qiz, ayollarni xotinlikka olishmaydi?

Kavkazda qanday qiz, ayollarni xotinlikka olishmaydi?
To‘g‘ri, azaldan Kavkaz taraflarda barcha ayollar albatta turmushga chiqishi haqida afsona kezib yuradi. Lekin real hayotda unday emas. Shunday qizlar, ayollar borki, Kavkazda ularni hech kim xotinlikka olmaydi. Xo‘sh, ular kimlar?

Beva va ajrashganlar
Kavkazda aksariyat erkaklar bokira qizlarga uylanishni ma’qul ko‘rishgan. Undaylar nuqson va kamchiliklardan xoli deb hisoblashgan. Eri o‘lgan yoki eri bilan ajrashgan, buning ustiga oldingi turmushidan bolalari bor ayolni hech kim xotinlikka olmasdi. Ajrashganlarni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Eri bilan bu ayol ajrashdimi, demak, qandaydir yomon jihati bor deb o‘ylashardi. Xudo ko‘rsatmasin, ajrashish ayolning tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, erkaklar bu ayolga qayrilib ham qaramasdi.

Xasta ayollar
Kavkazda ayolning birinchi bajaradigan vazifasi turmushga chiqish va farzandlarni dunyoga keltirishdir. Ko‘p asrlardan beri shu aqida o‘z kuchida qolmoqda. Agar ayol surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsa, unga hech kim uylanmaydi. Masalan, kunlarning birida ingushetiyalik bir ayolning ko‘zi yorigan payt chaqaloq o‘lib qolgan. Ayolning o‘zini esa ichki a’zolari jiddiy zarar ko‘rgani sababli jarrohlik amaliyoti yordamida farzand ko‘rish imkonidan mahrum etishdi. Shu voqeadan so‘ng sho‘rlik ayolni eri uydan haydab soldi.

Nikohsiz jazman bilan uchrashadigan ayollar
Bunday ayolga Kavkaz xalqlarida juda past nazar bilan qarashadi. Chunki bu hududlarda hatto ayol eri bilan ajrashgan yoki beva qolgan bo‘lsa ham nikohsiz o‘ziga jazman topishi taqiqlanadi. Bu g‘urur poymol bo‘lishi, nomusdan ayrilish deya baholanadi. Bunday ayolni o‘zining qarindoshlaridan kimdir o‘ldirib yuboradi va polisiyaga baxtsiz hodisa yuz berdi degan ma’noda ko‘rsatma beradi. Polisiyachilar ayol qanday holatda o‘lgani, uni kim o‘ldirganini yaxshi bilishadi. Ammo qotilni jazoga tortishmaydi. Ko‘p holatlarda polisiyachining o‘zi ham qotillikka sherik bo‘lgani kuzatilgan. Lekin Kavkazning ba’zi tumanlarida baribir qotil qonun yo‘li bilan jazolanadi. Masalan, Grozniyda yaqinda sud Sulton Davurbekov degan erkakni 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e’lon qildi. U qizini begona erkak bilan uchrashayotganidan xabar topgach, o‘ldirib yuborgandi.

Ma’lumot olishga intiluvchi ayollar
Ha, Kavkaz taraflarda oliy ma’lumot olishga, boylik orttirishga, rahbarlik lavozimlarida ishlashga, mustaqil hayot kechirishga oshifta qiz-juvonlarning ham turmushga chiqishi og‘ir kechgan. Erkaklar undaylarni eriga bo‘ysunmaydigan, eridan ko‘p pul topishga urinadiganlar sifatida qoralashgan. Bunday xotin oilada etakchilik qilishidan, tili uzun bo‘lishidan cho‘chishgan. Agar yigit o‘z xohishi bilan ma’lumoti oliy qizga uylangan taqdirda ham qalin pulini o‘qimagan qizga nisbatan ancha kam berishgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kavkazda qanday qiz, ayollarni xotinlikka olishmaydi?