10:45 / 09.05.2017
8 893

Yosh Makronning g‘alabasi: Fransiyaning birinchi xonimi kim?

Yosh Makronning g‘alabasi: Fransiyaning birinchi xonimi kim?
Fransiya kimni yangi prezident etib tanlanganini bilib bo‘ldik. Emmanuel Makron kimni ko‘p yillar muqaddam o‘z hayot yo‘liga sherik qilib olganini ham. Fransiya tarixidagi eng yosh prezident (39 yosh) va Beshinchi respublikaning eng yoshi katta birinchi xonimi (64 yosh): bu o‘rtadagi farqdan hayratga tushsa bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz sayti yozdi.

Mahalliy “sariq” matbuotda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Makron yoshligida o‘z o‘qituvchisini sevib qolgan, keyin esa Brijit Troneni bank xodimi bo‘lgan turmush o‘rtog‘idan olib qo‘ygan.

Parijda qachonlardir surbet fransuz paparassilari xatti-harakati tufayli dunyodagi eng suyukli malika – Diana halok bo‘lgandi. 20 yil o‘tib esa o‘sha mish-mishlar axtarib yuruvchi jurnalistlar Emmanuel va Brijit ko‘p yillar davomida Fransiya, Evropani aldashganini isbotlab bera olmadi.

Fransiya yangi prezidentining rafiqasi – boshqalardan uncha farqlanmaydi. Ha, uning o‘ziga xos uslubi bor, o‘z yoshidan ancha kichik ko‘rinadi, biroq Karla Brunini (Sarkozi) yodga olsak: u bilan tenglashtirib bo‘ladimi?

Asli kasbi o‘qituvchi bo‘lgan Brijit Trone o‘sha Karladan farqli ravishda, birinchidan, unchalik yosh emas, ikkinchidan esa – siyosat bilan, demakki o‘z eri karerasi bilan jiddiy qiziqadi. Bu karera esa uning ko‘z oldida rivojlanib, yuksalib bordi.

Bu erda qarama-qarshi holat kuzatilgan: model qizlar juda mashhur va nufuzi baland erkaklarga turmush chiqishsa, Brijit – yosh mutaxassis bilan oila qurgan. O‘sha mutaxassis u bilan kechirgan 10 yillik hayoti davomida Fransiya prezidentiga qadar o‘sib bordi.

Fransuz tili, adabiyoti va teatr san’ati bo‘yicha sobiq o‘qituvchi endilikda o‘zining pedagogik imkoniyatlarini sobiq o‘quvchisida rivojlantirib bormoqda – debatlar va mitinglar paytida.

Ba’zi fikrlarga ko‘ra, aynan Brijit hech kim tanimagan bank xodimining prezidentlik lavozimi uchun nomzod bo‘lishida katta o‘rin tutgan.

Fransuzlarni hayratga solish qiyin, ular Fransua Ollandning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq mojarolarga ko‘nikib qolishdi. Makronlar oilasiga esa asta-sekinlik bilan o‘rganib borishmoqda. Brijit Trone o‘z intervyularining birida hazil ham qilib qo‘ydi: "Keyingi prezidentlik muddatida mening yoshim 70 da bo‘ladi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yosh Makronning g‘alabasi: Fransiyaning birinchi xonimi kim?