07:45 / 10.05.2017
5 873

Iroq harbiy aviasiyasi kamida 100 ga yaqin jangarini yo‘q qildi

Iroq harbiy aviasiyasi kamida 100 ga yaqin jangarini yo‘q qildi
Iroq qiruvchi samolyotlarining Iroq g‘arbidagi Anbar viloyatiga zarbalar berishi davomida kamida 100 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Iroq qurolli kuchlariga iqtibos keltirgan holda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hammasi bo‘lib 15 ta aviazarba amalga oshirilgan. Iroq qurolli kuchlari qo‘shma operasiyalari qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, samolyotlar Bag‘doddan shimolga tomon 180 km uzoqlikda joylashgan Ana shahridagi jangarilar panagohlariga 11 ta aviazarba bergan. Bu zarbalar oqibatida 47 jangari yo‘q qilingan. Yana 4 ta zarba Bag‘doddan 330 km uzoqda joylashgan Al-Qaym shahriga berilgan. Bu zarbalar oqibatida 53 jangari yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, hujum oqibatida terrorchi-xudkushlarning uylari va bombalar ishlab chiqariladigan ob’ektlar vayron qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroq harbiy aviasiyasi kamida 100 ga yaqin jangarini yo‘q qildi