AQSh Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ilk marotaba Vashingtonda uchrashishdi. Uchrashuvdan so‘ng ikkala tomon ham muhokamalar natijasi haqida so‘zladi, deb yozadi Qalampir.uz.
“Janob Lavrov bilan juda yaxshi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Biz Suriyadagi dahshatli qotilliklar iloji boricha tezroq tugashini xohlaymiz va hammamiz shu maqsadga erishish uchun ishlayapmiz”, dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga bergan axborotida.
Oq uy tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Minsk kelishuvini to‘liq bajarish masalasida Rossiyaning mas’uliyati haqida ma’lum qilgan.
Lavrov ham o‘z navbatida AQSh prezidenti bilan Suriya muammosi, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatlarni muhokama etganini ta’kidladi. Lavrovning aytishicha, Tramp Vashington Rossiya bilan o‘zaro munosabatlardan manfaatdor ekanini tasdiqlagan. Shu bilan birga Rossiya TIV rahbari bir uchrashuvning o‘zida mamlakatlar o‘rtasidagi barcha muammolar hal qilinmaganini tan oldi.
“Biroq aynan shu yo‘nalishda harakat qilish uchun niyat bor — bu ijobiy holat. Prezident Tramp muammolarni hal etish uchun o‘zaro manfaatli, pragmatik munosabatlar qurishga katta qiziqish bildirayotganini aniq tasdiqladi”, deydi Lavrov.
Lavrov va Tramp uchrashuvi qariyb 40 daqiqa davom etdi.
Shu vaqtda Rossiya elchixonasi o‘zining Twitter sahifasiga Tramp va Rossiya elchisi Sergey Kislyakning birgalikdagi suratini joylagan. Ma’lum bo‘lishicha, Lavrov va Tramp muloqoti davomida Kislyak ham ishtirok etgan.
Ta’kidlash joiz, AQSh va Rossiya prezidentlari iyulda o‘tkaziladigan G20 sammitida uchrashadilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashingtonda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Reks Tillerson uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?