12:16 / 13.05.2017
8 284

Qishloqda yashashni istaganlarga 2 ming evrodan pul beriladigan bo‘ldi

Qishloqda yashashni istaganlarga 2 ming evrodan pul beriladigan bo‘ldi
Italiyaning tog‘li Bormida qishlog‘i meri Daniele Galliano qishloqni kimsasiz joyga aylanib qolishidan saqlab qolishning yo‘lini topdi. U qishloqqa odamlarni qaytarish uchun ko‘chib boruvchilarga pul taklif qilmoqda, deb yozadi Sof.uz​ nashri.

Bormida qishlog‘i Italiya shimoli-g‘arbidagi Liguriya viloyatida, dengiz sathidan 420 metr balandlikda joylashgan bo‘lib bor-yo‘g‘i 394 nafar aholi istiqomat qiladi. Qishloqdagi narxlar shaharlar bilan solishtirganda ancha arzon. Bormidada eng arzon uy ijarasi bir oyga atigi 50 evro turadi.

Ammo oxirgi bir necha o‘n yil davomida qishloq aholisi muttasil kamayib bormoqda. Qishloq yoshlari ish izlab yaqin oradagi Savona va boshqa shaharlarga ko‘chib ketishmoqda. Bormida rahbari kelasi yildan boshlab qishloqqa ko‘chib borgan, u erdan ko‘chmas mulk sotib olgan yoki ijaraga olgan har bir kishiga ikki ming evro sovg‘a qilishni va’da qilmoqda.

Qishloq rahbari Feysbukdagi sahifasida mukofot haqida e’lon qilar ekan, tarmoq foydalanuvchilari orasida qiziqish paydo bo‘lgan. Foydalanuvchilar asosan qishloqda ish topish imkoniyatlari bilan qiziqishmoqda. Amedeo Aloka ismli Feysbuk foydalanuvchisi, modomiki qishloqda unga ish topilgan taqdirda, 2 ming evro mukofotdan voz kechib qishloqqa borishini aytgan. Bormida rahbariyati qishloqqa ko‘chishni istaganlarga toza havo, ajoyib tabiat, o‘rmon, chorva hayvonlari va dehqonchilik mahsulotlarinigina taklif qilishlari mumkin.

Italiyada aholi tomonidan qishloqlarning tark etilishi holati ortib bormoqda. O‘tgan yili Italiya atrof-muhitni muhofaza qilish assosiasiyasi e’lon qilgan hisobotda mamlakatda ikki yarim ming qishloq qarovsiz qolish xavfi ostida ekanligi qayd etilgan. Yanvar oyida Italiya madaniyat vazirligi 2017 yilni «Qishloqlar yili» deb e’lon qilgan. Vazirlik qishloqlarda turizmni rivojlantirish va aholi ko‘chib ketishini kamaytirish uchun bu tadbirga qo‘l urgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qishloqda yashashni istaganlarga 2 ming evrodan pul beriladigan bo‘ldi