09:24 / 14.05.2017
6 435

Fransiyada muzeydan million evrolik eksponatlar o‘g‘irlab ketildi

Fransiyada muzeydan million evrolik eksponatlar o‘g‘irlab ketildi
Fransiyaning Lion shahridagi tasviriy san’at muzeyi Furver tunab ketildi. Muzeydan o‘g‘irlab ketilgan eksponatlarning qiymati bir million evroga baholangan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Jinoyatchilar muzeyning asosiy eksponati – Deva Mariya tojini (tiara) o‘g‘irlashgan. Ushbu zeb-ziynat 1 ming 791 ta qimmatbaho tosh bilan bezalgan. Shuningdek, boshqa qimmatbaho buyumlar ham yo‘qolgan.

Mahalliy polisiyaning ma’lum qilishicha, o‘g‘rilar muzeyga 13 may kuni soat 03:30 larda kirishgan. Tergovchilarning fikricha, o‘g‘rilar yaxshi tayyorlangan va jihozlangan bo‘lgan. Ular puxta o‘ylangan reja asosida harakat qilishgan.

Hozir muzey vaqtinchalik yopib qo‘yildi, deb xabar bermoqda France 3 telekanali.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada muzeydan million evrolik eksponatlar o‘g‘irlab ketildi