14:40 / 15.05.2017
14 752

Sharq ayollari haqidagi eskicha tasavvurlarga barham berayotgan Saudiya Arabistoni malikasi (foto)

Sharq ayollari haqidagi eskicha tasavvurlarga barham berayotgan Saudiya Arabistoni malikasi (foto)
Saudiya Arabistoni malikasi — 33 yoshli Amira at-Tavil go‘zal, o‘ziga ishongan, dovyurak va sobitqadam ayol, deb yozadi “Daryo”. U nafaqat Saudiya Arabistonida, balki butun dunyo bo‘ylab gumanitar muammolar bilan shug‘ullanadi. Dunyoning dolzarb muammolarini tushunish va hal qilish uchun u 70 dan ortiq mamlakatda bo‘lgan.

Malika qashshoqlikka va ofatlar oqibatlariga qarshi kurashadi. U xayriya jamg‘armalarini tuzishda qatnashgan, G‘arbiy Afrikada boshpana tashkil qilgan, Pokistondagi suv toshqini qurbonlarini yordam bilan ta’minlagan, Kembridj universiteti qoshida Islom tadqiqotlari markazini ochgan, Somalida ko‘mak ko‘rsatish missiyasiga rahbarlik qilgan.

Qiz o‘z vatanida birinchilardan bo‘lib abayya (uzun va yopiq qora libos)dan voz kechgan va evropacha kiyimlar kiyib yuradi. Ammo ko‘pincha uning zamonaviy liboslarida sharqona uslubni ham payqash mumkin.\

Amira avtomobil haydaydi, AQSh universitetlaridan birida olingan oliy ma’lumot hamda biznesni boshqarish sohasidagi ilmiy darajaga ega. Malika mamlakatdagi barcha ayollar ushbu masalalarda tanlovga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi va amalda bunga erishishga intiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sharq ayollari haqidagi eskicha tasavvurlarga barham berayotgan Saudiya Arabistoni malikasi (foto)