11:28 / 16.05.2017
6 412

Hindistonda avtobus halokatga uchradi

Hindistonda avtobus halokatga uchradi
Hindistonning Bixar shtatida avtobus halokatga uchradi. Avtobusda 50 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan 12 nafari jiddiy tan jarohati olgan, qolganlari esa shok holatiga tushib qolgan, deb xabar qiladi Qalampir.uz.

Bu voqea dushanba kuni kechasi taxminan soat 2:00lar atrofida sodir bo‘lgan. Avedshax Kumar ismli guvohning aytishicha, avtobus haydovchisi rulni boshqarolmay qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusdagi yo‘lovchilarning ko‘pchiligi G‘arbiy Bengaliyadagi g‘isht zavodi ishchilari edi. Bengaliyada yomg‘ir mavsumi boshlangani sababli Bixarga ko‘chib o‘tayotgan bo‘lishgan.

Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda avtobus halokatga uchradi