11:39 / 19.05.2017
6 401

Nyu-Yorkda amerikalik rassomning ishi 110,5 mln dollarga sotildi

Nyu-Yorkda amerikalik rassomning ishi 110,5 mln dollarga sotildi
Nyu-Yorkdagi auksionda amerikalik rassom Jan-Mishel Baskiyaning nomsiz surati 110,5 mln dollarga sotildi. Bu haqda Sotheby’s auksion uyi bo‘limi ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz nashri

Ta’kidlanishicha, bu narx Baskiya ishlari uchun to‘langan eng katta haq bo‘ldi. Savdolar bor-yo‘g‘i 10 daqiqa davom etgan.

Foto: Twitter.com/@Sothebys

1982 yilda chizilgan surat o‘zidan ko‘k fondagi qora bosh tasvirini aks ettiradi.

Baskiya 1980-yillarda graffiti-rassom sifatida ijodini boshlagan, keyinchalik neoekspressionizm uslubidagi ishlari bilan tanilgan. Rassom 1988 yilda giyohvand moddalar qabul qilishdan 27 yoshida vafot etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda amerikalik rassomning ishi 110,5 mln dollarga sotildi