12:08 / 19.05.2017
18 939

Ajabo: o‘lik ayol tobutda qiz farzandni dunyoga keltirdi

Ajabo: o‘lik ayol tobutda qiz farzandni dunyoga keltirdi
Toronto shahri aholisi g‘aroyib voqeadan hayratga tushdi, avtohalokat tufayli olamdan o‘tgan ayol tobutda farzand ko‘rdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Nashrning xabar berishicha, ayolning etti oylik homilasi bo‘lgan. U shaxsiy avtomobilini boshqarib, kasalxonaga ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasiga duchor bo‘ldi. U inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan – bosh-miya va ko‘krak qafasi jarohatini oldi. Shifokorlar ayol va homilaning vafot etganini qayd etishdi. Ayolning jasadi kasalxona o‘likxonasidagi muzlatkichda 17 soat, uyida esa 6 soat saqlandi. Uni dafn etishayotganda tobut ichidan chaqaloqning yig‘isi eshitildi. Dafn byurosi xodimlari qabrga tushirilgan tobutni tepaga ko‘tarib, ochib ko‘rishganda ularning ko‘zi tirik chaqaloqqa tushdi, u qiz bola edi. Shifokorlar homilaning qanday qilib kislorodsiz tirik qolganiga izoh berolmadi. Hozirda qizaloq maxsus inkubatorda saqlanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ajabo: o‘lik ayol tobutda qiz farzandni dunyoga keltirdi