19:02 / 19.05.2017
9 509

Tojikiston: korrupsiyaga qarshi kurashgan mulozimning uyidan qop-qop pul va mashinalar yashirilgan bunker topildi

Tojikiston: korrupsiyaga qarshi kurashgan mulozimning uyidan qop-qop pul va mashinalar yashirilgan bunker topildi
Tojikiston korrupsiyaga qarshi kurashish organi katta tergovchisi Firdavs Niyozbadalovning uyidan qop-qop dollar, oltin, qimmatbaho toshlar va oltita jip yashirilgan bunker topildi. Bu haqda “Hilol” nashri xabar bermoqda.

Bunker 16 may kuni Bo‘ston shahridagi Niyozbadalovning ota-onasiga qarashli uyni tintish paytida topilgan.

Firdavs Niyozbadalov Milliy xavfsizlik kengashi sobiq kotibi Amirqul Azimovning kuyovi, So‘g‘d viloyati prokurori sobiq o‘rinbosari Abdug‘affor Niyozbadalovning o‘g‘lidir.

Tintuv paytida Firdavs Niyozbadalovning onasi boyliklar o‘g‘liga emas, u va eriga tegishli ekanini aytgan. Bunga javoban tergovchilar “Oddiy notarius bo‘lib ishlab, buncha boylikni qanday to‘pladingiz?” deya so‘ragan.

Firdavs Niyozbadalovning onasi qattiq qarshilik qilavergach, boyliklarni guvohlar ishtirokida sanash to‘xtatilib, hammasi muhrlangan va olib ketilgan.

Avvalroq Firdavs Niyozbadalovning Xo‘jand prokuraturasida tergovchi bo‘lib ishlagan akasi Alisherning uyidan ham tintuv chog‘ida anchagina boylik topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston: korrupsiyaga qarshi kurashgan mulozimning uyidan qop-qop pul va mashinalar yashirilgan bunker topildi