16:39 / 20.05.2017
6 202

Eronning amaldagi prezidenti Ruhoniy ikkinchi muddatga saylandi

Eronning amaldagi prezidenti Ruhoniy ikkinchi muddatga saylandi
Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy saylovlar yakunlariga ko‘ra ikkinchi muddatga qayta saylandi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Mamlakat davlat televideniesi uni g‘alaba bilan tabrikladi. Biroq saylovchilar ovozi hamon hisob-kitob qilinayotgani aytilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ruhoniy 22,7 mln. ovozni olgan bo‘lsa, uning eng yaqin raqobatchisi – Eron sobiq bosh prokurori Ibrohim Raisiy – 15,4 mln. ovoz to‘pladi.

2013 yilda Ruhoniy 50,68 foiz ovoz to‘plagan. O‘shanda u saylovlarning birinchi turidayoq kerakli ovozni olib, g‘alaba qozongandi.

Eron oliy diniy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Ruhoniyni birinchi prezidentlik muddatidagi alohida xatti-harakatlari uchun tanqid qilgan, biroq aynan Ruhoniy jahon davlatlari bilan yadro bitimiga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronning amaldagi prezidenti Ruhoniy ikkinchi muddatga saylandi