Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh hukumatining Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda Sof.uz nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, Maduro bu safar AQSh prezidentini bisotidagi eng yaxshi haqoratli so‘zlar bilan siylashdan ham toymagan. Nikolas Maduro televideniening to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida uzatilgan nutqida Donald Trampga murojaat qilgan.
“Etar birovlarning ishiga aralashish. Jo‘na uyingga, Donald Tramp! Venesueladan yo‘qol! Bu erdan iflos qo‘llaringni tort!” – deb aytgan Venesuela rahbari.
AQSh hukumati payshanba kuni Venesuela Oliy sudi rahbari va etti nafar a’zosiga nisbatan muxolif partiyalar ko‘pchilikni tashkil qilgan Kongressni tarqatib yuborgani uchun jazo sifatida sanksiyalar e’lon qilgan. Venesuela aholisining og‘ir hayoti haqida gapirar ekan, Tramp mamlakatdagi vaziyatni «insoniyatga nisbatan sharmandalik» deb atagan.
Venesuela hukumati e’lon qilgan bayonotda Oq uy rahbariyati Venesuela muxolifatini qo‘llab-quvvatlayotgani tanqid qilingan va AQSh rahbariyati Venesueladagi vaziyatni izdan chiqarishga urinishda ayblangan. “Prezident Trampning Venesuela xalqi, hukumati va idoralariga qarshi tajovuzi chegaradan chiqib ketdi”, – deyiladi Maduro hukumati bayonotida.
Venesuelada aprel oyi boshidan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Hozirga qadar to‘qnashuvlarda 40 dan ortiq odam halok bo‘lgan. bir necha kun oldin prezident Maduro namoyishchilarni fashistlarga, o‘zini esa Gitler ta’qibiga uchragan bechorahol yahudiyga qiyoslagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi