Turkiya poytaxti Anqarada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotgan 221 kishining ustidan sud boshlandi, deb xabar qiladi Hilol.uz nashri. Ularning aksariyati o‘z vaqtida yuksak martabali harbiylar bo‘lgan.
Turk hukumati davlat to‘ntarishi o‘tkazishga buyruqni ayni paytda AQShda yashaydigan diniy rahnamo – Fathulloh Gulen berganini aytib kelmoqda. Gulenning o‘zi esa ayblovlarni rad etgan.
O‘tgan yilning 15 iyulida Turkiyada harbiylar boshlagan davlat to‘ntarishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Bu urinish oqibatida 161 kishi qurbon bo‘ldi, 154 kishi yaralandi. Davlat to‘ntarishiga uringanlardan 104 nafari o‘ldirildi.
Davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin Fathulloh Gulenning tarafdorlari bo‘lgan o‘n minglab kishi hibsga olindi, 120 ming kishi davlat ishidan bo‘shatildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?