00:18 / 27.05.2017
8 396

Qozog‘istonning Olmaota shahrida sobiq notarius va polisiyachilardan iborat mafiya qo‘lga olindi…

Qozog‘istonning Olmaota shahrida sobiq notarius va polisiyachilardan iborat mafiya qo‘lga olindi…
Jinoiy guruhda jami 20 nafar a’zo bo‘lgan. Ularning aksariyati sobiq notarius hamda polisiyachilar bo‘lib, guruh a’zolari asosan keksa, hech kimi yo‘q otaxon va onaxonlarni o‘ldirib, undan keyin kvartiralarini sotishgan-u, o‘zaro bo‘lishib olaverishgan. Onaxon va otaxonlar esa oradan ma’lum vaqt o‘tgach, bedarak yo‘qolgan deya hisoblangan. Chunki ulaarning jasadini hech kim topa olmagan.
Shahar prokuraturasi vakillari bu jinoiy guruh shu kunga qadar yuqorida ta’kidlangan jinoyatlarning 45 tasini sodir etib ulgurganini aniqladi.
Ayni paytda jinoiy guruhning barcha a’zolari qamoqqa olingan. Ular ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonning Olmaota shahrida sobiq notarius va polisiyachilardan iborat mafiya qo‘lga olindi…