Dog‘iston tergov qo‘mitasi polisiya mayori Murod Magetov ustidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni fosh etdi, deb yozadi Qalampir.uz. Ma’lum bo‘lishicha, sobiq polisiya mayori o‘zbekistonlik fuqarodan 40 ming rubl pora berishni talab etgan.
Murod Magetov pora olish evaziga o‘zbekistonlik muhojirning shahardagi turli savdo-sotiq rastalarida bemalol ishlashini ta’minlashga va’da bergan. Murod Magetov agar so‘ralgan pul to‘lanmasa, muhojirga nisbatan ma’muriy va huquqiy jazo qo‘llashini ta’kidlagan.
Dog‘iston IIV tezkor jinoiy guruhi tomonidan shubha uyg‘otgan mayor shaxsiy xizmat xonasida o‘zbekistonlik fuqarodan pora olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushirilgan.
Ayni paytda poraxo‘r lavozimidan bo‘shatilgan va qonunchilikka binoan qilmishiga yarasha jazo oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring