21:44 / 01.06.2017
7 703

Buni qarang, Boliviyada qalin qor yog‘di!

Buni qarang, Boliviyada qalin qor yog‘di!
Mutaxassislarning aytishicha, Boliviyada bunday sovuq va qalin qor so‘nggi yarim asr davomida kuzatilmagandi. Hozir mamlakatda havo harorati 0 darajaga tushib qolgan. Qalin qor tufayli serqatnov yo‘llar yopilib qolgan. Jamoat transporti qatnamayapti. Mamlakatda yo‘llarni, turar joylar atroflarini qordan tozalash uchun etarli transport vositalari yo‘qligi sababli vaziyat tobora og‘irlashib bormoqda, deb xabar qiladi Hordiq.uz nashri.

Aslida bu davlatda har yili shu vaqtda havo harorati +20 darajadan pastga tushmasdi. Sinoptik Xed Marisol shunday deydi:
— Bizning mamlakatda oxirgi marta bunday qalin qor va sovuq havo 1966 yili kuzatilgan. Hozir esa Amazonka suvi ko‘payishi oqibatida sovuq havo oqimi mamlakatga kirib keldi. Bu bulutlar hosil bo‘lishi va natijada qalin qor tushishini ta’minladi. Sovuq havo bundan-da kuchliroq bo‘lishi mumkin. Hozirda shunga tayyorgarlik ko‘ryapmiz…
Qalin qor va sovuq havo aeroportlarga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. O‘nlab yo‘nalishlar ortga surildi yoki bekor qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buni qarang, Boliviyada qalin qor yog‘di!