08:02 / 03.06.2017
5 869

Medvedev Turkiyadan kelayotgan mahsulotlar bo‘yicha cheklovni bekor qildi

Medvedev Turkiyadan kelayotgan mahsulotlar bo‘yicha cheklovni bekor qildi
Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev pomidordan tashqari Turkiyadan kelayotgan oziq-ovqat bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Hukumat veb-saytida juma kuni e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Rossiyada turk shirkatlar tomonidan bajarilayotgan qurilish ishlari bo‘yicha taqiq ham bekor qilindi.

Shu hafta boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi sanksiyalar qisman bekor qilinishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Qaror Sochida 3 may Putin va Turkiya prezidenti Rejep Toyip Erdo‘g‘on bilan muzokaralar chog‘ida kuni qabul qilingan.

Rossiya Turkiyaga qarshi sanksiyalarni 2015 yil noyabrida Suriya chegarasida turkiyalik qiruvchi samolyot Rossiya bombardimonchi samolyotini urib tushirganidan keyin kiritgan. Rossiya Turkiyaga sayyohlik yo‘llanmalarni sotish, Turkiyadan bir qator tovarlarni import qilishni man etgan va turk ishchilarni ishga olishni cheklagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Medvedev Turkiyadan kelayotgan mahsulotlar bo‘yicha cheklovni bekor qildi