02:55 / 05.06.2017
10 627

Jahonning eng yaxshi va eng yomon yo‘llari reytingi e’lon qilindi

Jahonning eng yaxshi va eng yomon yo‘llari reytingi e’lon qilindi
Eng yomon avtomobil yo‘llariga ega mamlakat sifatida Moldova tan olindi. Eng yaxshi yo‘llarga ega davlatlar reytingida esa Fransiya, BAA, Portugaliya va Ummon etakchilik qilishmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

World Economic Forum xalqaro tashkiloti eng yaxshi va yomon avtomobil hamda temir yo‘lga ega davlatlarning reytingni tuzib chiqdi.

Eng yomon avtomobil yo‘llariga ega besh davlat ichida Haiti, Ruminiya, Mo‘g‘uliston va Gvineya bor. Moldova esa avtomobil yo‘llari sifati bo‘yicha eng so‘nggi — 140-o‘rinni egalladi.

Eng yaxshi yo‘llar o‘nligiga, shuningdek, Shveysariya, Avstriya, Hongkong, Finlyandiya va Germaniya kiritilgan. MDHning ayrim davlatlaridan Ozarboyjon — 60-o‘rin, Tojikiston — 97-o‘rin, Qirg‘iziston — 131-o‘rin, Rossiya Federasiyasi — 134-o‘rin, Ukraina — 135-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston reytingga kiritilmagan.

Eng yaxshi temir yo‘l infratuzilmasiga ega o‘n davlat reytingi esa quyidagicha ko‘rnish olgan: Shveysariya, Yaponiya, Hongkong, Fransiya, Singapur, Finlandiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va Janubiy Koreya.

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlaridan Ukraina (24-o‘rin), Qozog‘iston (29-o‘rin), Rossiya (30-o‘rin), Latviya, Gurjiston va Ozarboyjon (33–35-o‘rinlar), Tojikiston (43-o‘rin), Estoniya (44-o‘rin), Moldova (68-o‘rin), Qirg‘iziston (77-o‘rin) jami 140 davlatni qamrab olgan reytingda o‘ziga mos o‘rinlarga joylashtirilgan. O‘zbekiston ushbu reytingga ham kiritilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahonning eng yaxshi va eng yomon yo‘llari reytingi e’lon qilindi