15:58 / 08.06.2017
5 655

Kiyev polisiyasi AQSh elchixonasi hududidagi portlash haqida xabar berdi

Kiev polisiyasi AQSh elchixonasi hududidagi portlash haqida xabar berdi
Ukraina hukumati Kievdagi AQSh elchixonasi hududida qurilma portlagani haqida xabar bermoqda. Bu portlash oqibatida odamlar qurbon bo‘lmagan.

Kiev polisiyasi bugun xabar qilishicha, portlash Shevchensk rayonida joylashgan elchixona binosida yarim tunga yaqin yuzaga kelgan.

«Tergovchilar noma’lum shaxs diplomatik vakolatxona hududiga turi aniqlanmagan portlash qurilmasini tashlab ketgan», - deyiladi polisiya bayonotida. Unda, shuningdek, ushbu fakt bo‘yicha tergov boshlanganligi haqida aytilmoqda.

Elchixonada hozircha bu hodisaga izoh berilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev polisiyasi AQSh elchixonasi hududidagi portlash haqida xabar berdi