Rossiya davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbari Vasiliy Peskarev terrorchilarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash taklifi bilan chiqdi, deb yozmoqda “Darakchi” nashri.
Deputatning fikricha, Evropa ham terrorchilarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash to‘g‘riligini anglab etmoqda.
“Mening fikrimcha, ertami, kechmi bunday shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rish payti kelganligini hamma tushunadi. Vaqti kelib, Evropa ham terrorizm tufayli jazo muddatini o‘tayotganlarga nisbatan shunday hukm chiqaradi”, deb o‘z fikriga izoh berdi Piskarev.
U teraktlar tufayli yaqinlarini yo‘qotgan insonlar bilan suhbatlashgandan keyin shunday qarorga kelganligini ma’lum qildi. Piskarev mazkur tashabbusni ekspertlar, shu jumladan advokatlar bilan muhokama qilishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 1997 yilda Rossiya Evropa Ittifoqiga kirgani bois, mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi