09:06 / 11.06.2017
6 566

Amsterdamda haydovchi odamlarni urib ketdi

Amsterdamda haydovchi odamlarni urib ketdi
Amsterdam markaziy temir yo‘l vokzali yonida haydovchi piyodalarni urib ketdi. Buning oqibatida 8 kishi jarohat olgan. Bu haqda BNO News nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, polisiyachilar mashina qo‘yish taqiqlangan joyda turgan avtomobil yoniga borishganda uning haydovchisi voqea joyidan qochib ketmoqchi bo‘lgan va bir necha piyodalarni urib ketgan. So‘ngra devorga borib urilgan.

"8 kishi jarohat oldi, ulardan 2 nafari shifoxonaga olib ketilgan. Qolganlarga joyida yordam ko‘rsatildi. Haydovchi qo‘lga olingan va so‘roq qilinmoqda. Avtomobil ko‘zdan kechirilmoqda", deb ma’lum qilgan polisiya vakili.

Polisiyachilar ma’lumotlariga ko‘ra, voqea terrorchilik bilan bog‘lanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amsterdamda haydovchi odamlarni urib ketdi