19:58 / 12.06.2017
6 288

Bir amerikalik lotereyada deyarli yarim milliard dollar yutib oldi

Bir amerikalik lotereyada deyarli yarim milliard dollar yutib oldi
AQShda eng mashhur bo‘lgan Powerball lotereyasida kaliforniyalik odam 447 mln dollar jekpotni yutib oldi.

Tashkilotchilarning xabar berishicha, chipta oziq-ovqat do‘konidan sotib olingan. Uni kim xarid qilgani hozircha ma’lum emas. Yutuqni esa bugunoq olish mumkin.

Powerball vakilining ta’kidlashicha, bu butun Amerikada o‘tkazilgan o‘yinlar tarixida eng katta o‘ninchi yutuq hisoblanadi.

Mavjud qoidalarga muvofiq, chipta sotib olingan do‘kon egasi ham 1 mln dollar qiymatidagi mukofotga ega bo‘ladi.

Lotereya shartlariga ko‘ra, yutuq Powerball aytgan 5 ta oq va bitta qizil shar raqamini to‘g‘ri topgan odamga beriladi.

Shuningdek, jekpotni qo‘lga kiritgan baxtli odam uni 29 yil davomida bo‘lib olishi yoki birdan hammasini qo‘lga kiritishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Powerball lotereyasi 44 shtatda, Kolumbiya federal okrugida, Amerikaning Virginiya orollarida va
Puerto-Rikoda o‘tkaziladi. Chipta narxi 2 dollardan iborat, ularning barchasidan kelib tushadigan daromad esa bir necha milliard dollarni tashkil qiladi.O‘tgan yilning yanvar oyida Powerball jekpoti rekord natija 1,5 mlrd dollarga etgan edi. Shunda birdan 3 kishi yutuqqa ega bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir amerikalik lotereyada deyarli yarim milliard dollar yutib oldi