16:53 / 13.06.2017
6 532

Turkiyada o‘ldirilgan Rossiya elchisining qotilligi borasida yangi ma’lumotlar

Turkiyada o‘ldirilgan Rossiya elchisining qotilligi borasida yangi ma’lumotlar
2016 yil 19 dekabrda Rossiya va Turkiya munosabatlariga qaysidir ma’noda o‘z ta’sirini o‘tkazgan voqea sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Rossiya elchisi Andrey Karlov Anqara shahrida o‘tkazilgan ko‘rgazmaning ochilishida ishtirok etib, nutq so‘zlagan edi. Elchi o‘z nutqini tugatishi bilan uning orqa tarafida turgan shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan edi.

Keyinroq, jinoyatchi 22 yoshli Mavlut Oltintosh ekanligi aniqlandi. U Turkiya fuqarosi bo‘lib, polisiyachilar tomonidan otib o‘ldirilgan edi. Mavlut Oltintosh ko‘rgazmaga polisiya ofiserining soxta guvohnomasi orqali kirgani ma’lum bo‘lgan edi.

Turkiya prokuraturasi bu jinoyatning tergov harakatlarini shu vaqtgacha to‘xtatmagan edi, ammo uning tafsilotlari OAV vakillaridan sir saqlanayotgan edi. 12 iyun kuni “Hurriyet Daily News” gazetasiga tayanib “Qalampir.uz” sayti voqeaga aloqador yangi ma’lumotlarni keltirdi.

Tergovchilar Rossiya elchisining hayotiga qilingan suiqasdni uyushtirgan deb gumon qilgan 5 nafar shaxs haqida ma’lumot berdi. Ular voqea sodir bo‘lgan mehmonxonada yashashgan va qotil Mavlut Oltintosh bilan aloqada bo‘lgani ehtimoli bor. Prokuraturada qayd etilishicha, ulardan biri qotillik buyurtmachisi bo‘lishi ham mumkin.

Shuningdek, surishtiruv jarayonida Mavlut Oltintosh qotillikdan avval, mehmonxona yaqinidagi savdo markazida bo‘lgan va u erda FaceTime dasturi orqali gumon ostida bo‘lgan shaxslardan biri bilan gaplashgan, shundan so‘ng, shu odam bilan mehmonxonada ko‘rishgan.

Ayni vaqtda qotillik Turkiya va Rossiya mutaxassislari hamkorligida tergov qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada o‘ldirilgan Rossiya elchisining qotilligi borasida yangi ma’lumotlar