So‘nggi kunlarda turli falokatlar markazida bo‘lib turgan London shahrida yana bir ko‘ngilsiz voqea yuz berdi. Shaharning Finsberi-park tumanida joylashgan masjid yaqinida furgon odamlar ustidan bosib ketdi. Voqea tunda, ya’ni Ramazon oyida musulmon kishilarning saharlikda o‘qiladigan namozidan so‘ng, masjiddan chiqib kelayotgan vaqtida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar berdi.
Guvohlarning aytishicha, furgon odamlarni bosib ketgach, to‘xtagan. Keyin mashinadan pichoq ko‘targan haydovchi chiqqan. Ayrim manbalarda keltirilishicha, haydovchi pichoq bilan 1 kishiga hujum qilgan.
Buyuk Britaniya musulmonlar Kengashidan xabar qilishlaricha, furgon ataylab odamlar ustiga haydagan, bu baxtsiz hodisa bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da, polisiya vakillari hozircha bo‘lib o‘tgan voqeani terakt deb baholashmayapti.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, voqea oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi yaralangan.
Londonning mahalliy aholisi hujumni sodir etgan kishini ushlab, polisiyaga topshirishgan. 48 yoshli erkak ruhiy xastaliklar shifoxonasida tekshiruvdan o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring