Qirg‘izistondagi gaz quyish shoxobchasida portlash, 2 kishi tiriklayin yonib ketdi

  • 20 iyun 2017, 13:31
  • 3 861
  • Dunyo
  • Qirg‘izistondagi gaz quyish shoxobchasida portlash, 2 kishi tiriklayin yonib ketdi
    Issiq-Ko‘l qirg‘og‘idagi yonilg‘i quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida ikki kishi, jumladan, yosh bola tiriklayin yonib ketdi. Hodisa tufayli yana sakkiz inson kuyish jarohatlarini olgan. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati seshanba kuni xabar berdi, deyiladi Kun.uz nashrida.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning Issiq-Ko‘l viloyati Ananevo qishlog‘idagi portlash kecha kechqurun, gazni boshqa joyga olib o‘tish vaqtida ro‘y bergan. Hammasi bo‘lib 10 kishi jabrlandi, ularning ikki nafari halok bo‘ldi.

    "Ayni damda tuman kasalxonasi jonlantirish bo‘limida besh kishi qolmoqda, ularning ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Barchasida kuyish jarohatlari bor", - deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirligi.

    Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida yosh bola ham bor.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qirg‘izistondagi gaz quyish shoxobchasida portlash, 2 kishi tiriklayin yonib ketdi