08:53 / 21.06.2017
6 204

Ostona aeroportiga Nursulton Nazarboyev nomi berildi

Ostona aeroportiga Nursulton Nazarboyev nomi berildi
Qozog‘iston hukumatining qarori bilan Ostona xalqaro aeroporti "Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroporti" deb qayta nomlandi.

"Ostona xalqaro aeroporti "Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroporti" deb qayta nomlansin", deb ko‘rsatilgan qaror matnida. Ushbu qaror 21 iyunda rasmiy OAV tomondan chop etildi. Qaror Qozog‘iston bosh vaziri B.Sag‘intaev tomondan imzolangan.

Ostona aeroportiga Nursulton Nazarboyev nomi berish g‘oyasini 8 yil avval hozirda senat deputati, o‘shanda "Nur Otan" partiyasi raisi o‘rinbosari Darxan Kaletaev taklif qilgandi. U 2009 yil 13 may kuni "Ostona" telekanali jonli efirida "Biz "Qozog‘iston" va "Nazarboyev" brendlari ajralmas ekanligini bilamiz. Bugungi kunda ular yagona tushunchani anglatadi. Xalqaro amaliyotda aeroportlar milliy etakchilar nomlari bilan atalgan holatlar mavjud", deb aytgan.

Kaletaev o‘shanda AQShdagi Xyuston aeroporti AQShning sobiq prezidenti Katta Jorj Bush nomi bilan yuritilishini bunga misol tariqasida keltirib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostona aeroportiga Nursulton Nazarboyev nomi berildi