19:04 / 23.06.2017
6 988

Saudiya Arabistoni Qatarga 15 mingta tuyani deport qildi

Saudiya Arabistoni Qatarga 15 mingta tuyani deport qildi
Saudiya Arabistoni hukumati Qatar bilan munosabatlar taranglashishi ortidan qatarliklarga tegishli bo‘lgan tuya va qo‘ylar ham mamlakat hududini tark etishi kerakligini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 mingga yaqin tuya va 10 mingta qo‘y allaqachon mamlakat chegarasini kesib o‘tishgan. Shu munosabat bilan Qatarda shoshilinch ravishda hayvonlar saqlanadigan joy tashkil qilingan. Unda hayvonlarni boqish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Baxrayn, BAA va Misr Doxani terrorizmni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi va u bilan tuzilgan diplomatik shartnomalarni bekor qildi.

Biroz muddatdan so‘ng, Qatar bilan diplomatik aloqalarni bekor qilgan davlatlar qatoriga Livan, Yaman, Maldiv orollari va Mavritaniya ham qo‘shildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni Qatarga 15 mingta tuyani deport qildi