Chimkent shahridagi neft omborida yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulotda vaziyatlar departamenti ma’lum qildi.
Yong‘in bugun ertalab, tahminan sakkizlarda «PetroKazaxstan Oyl Prodakts» korxonasi hududida yuz berdi, deya xabar tarqatdi Janubiy Qozog‘iston viloyat FV departamenti.
Departament matbuot kotibi Zaripa Turlibekovaning ma’lum qilishicha, alangani o‘chirishga 200 ga yaqin kishi jalb qilindi, ammo yong‘in hozircha bartaraf etilmadi. Uning aytishicha, favqulotda hodisa joyiga maxsus poezd yuborildi.
— Hodisa joyida jarohat olgan korxonaning 46 yoshli xodimi vafot etdi, — dedi Zaripa Turlibekova. Uning so‘zlariga qaraganda, yong‘in neft rezervuarida kelib chiqqan. Departament vakilining aytishicha, omborda AI-92 markadagi benzin zahirasi saqlanardi.
Ayni damda yong‘inning qo‘shni rezervuarlarga tarqalish xavfi bor, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda, dedi Zaripa Turlibekova. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi