22:56 / 25.06.2017
11 788

Bishkekda O‘rta Osiyodagi eng katta masjid qad rostladi

Bishkekda O‘rta Osiyodagi eng katta masjid qad rostladi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda O‘rta Osiyoda eng katta masjid deb e’tirof etilayotgan masjid qurilishi o‘z yakuniga etdi. Faqatgina masjid hududini obodonlashtirish ishlarigina qoldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Masjidning maydoni 7,5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjid ichida bir vaqtning o‘zida 6 minggacha kishi ibodat qilishi mumkin. Yaqin atrofdagi hududlar hisobga olinganda, masjidga ibodat qilgani keluvchilar soni 20 minggacha etishi mumkin. Masjid balandligi 70 metrdan bo‘lgan 4 ta minora va ikkita kirishga ega.

Masjid majmuasi 500 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh, Qur’on tilovati kurslarini tashkillashtirish uchun xona, anjumanlar zali va favvorani o‘z ichiga olgan.

Usmon imperiyasi arxitekturasi uslubida yaratilgan ushbu masjidni qurish 2012 yilda boshlangan. Masjid Anqaraning Xo‘jatepa tumanida joylashgan Turkiyadagi eng katta masjidga monand qurilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bishkekda O‘rta Osiyodagi eng katta masjid qad rostladi