05:48 / 28.06.2017
8 391

Rossiyaning Suriyadagi "Terminator-2" jangovar mashinasi bilan tanishing

Rossiyaning Suriyadagi "Terminator-2" jangovar mashinasi bilan tanishing
Suriyada Rossiyaning tanklarni qo‘llab-quvvatlovchi "Terminator-2" jangovar mashinasi suratga olindi. Surat Yusha Yuseef ismli foydalanuvchi tomonidan tvitterda chop etildi.

Surat Suriya prezidenti Bashar Asadning Rossiya havo-koinot kuchlari samolyotlari joylashtirilgan Hmaymim harbiy bazasiga tashrifi vaqtida olingan. Asad bazada Su-35 qiruvchi samolyotlari va Rossiyada ishlab chiqarilgan boshqa qurol-aslahalarni ko‘zdan kechirgan. Asadga tashrifi vaqtida Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov hamrohlik qilgan.

Ayni vaqtgacha Suriyaga BMPT-72 "Terminator-2" tashlangani haqidagi ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagandi. Mashinada 30 mm li 2A42 avtomatik pushkalari va "Ataka-T" boshqariluvchi raketa quroli majmuasi joylashtiriladi.

Hmaymim aviabazasi Lataqiya shahridan 25 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 2017 yil 18 yanvarda Moskva va Damashq o‘rtasida Suriyada Rossiya aviasiya guruhini joylashtirish haqida kelishuv imzolangan. Hujjatga ko‘ra, Rossiyaga aerodromning bir qismidan 49 yil bepul foydalanish huquqi berilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Suriyadagi "Terminator-2" jangovar mashinasi bilan tanishing