11:11 / 29.06.2017
5 983

OAV: Xitoy Avstraliyani josuslikda aybladi

OAV: Xitoy Avstraliyani josuslikda aybladi
Xitoy Avstraliyani XXR hududida josuslik qilishda, shuningdek, Avstraliyada xitoylik fuqarolarni kuzatishda aybladi. Bu haqda Xitoyning Global Times nashri yozmoqda.

«Avstraliya global ko‘rinmas kurashda hech qachon qurbon rolida bo‘lmagan. Aksincha, ular Xitoy bo‘yicha razvedka ishlarini olib borgan, shu bilan birga, Xitoyni josuslikda asossiz ayblagan. Bu erda mantiqning o‘zi yo‘q», - deya mamlakat milliy xavfsizligi agentlaridan birining so‘zlarini keltiradi nashr.

Uning ta’kidlashicha, avstraliyalik agentlar xitoyliklarni yollashga harakat qilmoqda. Bu ular keyinchalik Xitoyda qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirishlari uchun kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Xitoy Avstraliyani josuslikda aybladi